Afandi haqida latifalar

Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg‘ovul, bedana, kaklik go‘shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o‘n kun o‘tdi, qush go‘shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so‘qim go‘shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so‘ragan edi, u ikki qo‘lini boshi ustiga shoxga o‘xshatib, o‘z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so‘radi vazir.
— Elchining ikki qo‘lini boshi ustiga ko‘targani uning podshoni ko‘rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.
Afandi ketayotsa, ikki bola yong‘oq talashib mushtlashayotgan ekan. Afandi ikkovini ajratib, yong‘oqni oldi, uni pichog‘i bilan ikkiga ajratib, mag‘zini olib og‘ziga soldi, ikki palla po‘choqni bolalarga bittadan berib:
— Bu, sizlarni murosaga keltirganim uchun pichoq uchi,—dedi.
Afandi bilan Vali bir boynikiga ziyofatga borgan ekan. Ziyofat chog‘ida Afandi ko‘z qiri bilan Vali tomon qarasa, Vali sekin tilla qoshiqni kostyumining ichki cho‘ntagiga solayotgan ekan.
Afandi biroz fursat o‘tkazib, o‘rtoqlar "men fokus ko‘rsatmoqchiman", deb hammani o‘ziga qaratib, davom etibdi:
"Hozir mana bu qoshiqni shundoq cho‘ntagimga solib, Valini cho‘ntagidan chiqarib beraman", - degan ekan.
Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o‘tib ketayotgan edi, qarshidan bir to‘da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o‘g‘ri gumon qilib, bir ochiq go‘r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o‘g‘ri deb o‘ylashdi, go‘rning tepasiga kelib:
— Sen kimsan?—deyishdi.
— Murdaman,— dedi Afandi.
— Murda bo‘lsang kechasi nima qilib yuribsan?
— Tomosha qilib yuribman.
— O‘lik ham tomosha qilib yuradimi?
— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go‘r ichiga kirib ketdi.
Afandi eshagini haydab, bog‘iga ketar edi. Yo‘lda hazilkashlaridan biri hamroh bo‘lib so‘radi:
— Ikkalangiz shoshilib qayerga ketayapsiz?
— Mana, hozir ikkalangiz barobarlashdingiz, - dedi Afandi u bilan eshak orqasidagi masofani ko‘rsatib, - bir oz turib do‘stlashib ketasiz, o‘zidan so‘rang, qayerga borishini aytib beradi.
Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o‘qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo‘lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan:
Afandi taajjublanib shayxdan so‘radi:
— Uch yoshida o‘lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo‘ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o‘tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar.
— Agar shunday bo‘lsa,— dedi Afandi,— men o‘lganimda qabrimga lavha tosh qo‘yiladigan bo‘lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug‘ildi-yu o‘sha zamoni o‘ldi» deb yozilar ekan-da!
Afandining xotini o‘lib, bir tul xotinga uylandi. Bu xotin bo‘lar-bo‘lmasga janjal ko‘tarar...
— O‘lgan erim undoq edi, bundoq edi, — deb yig‘lar edi.
Afandi bir kuni undan balandroq ovoz chiqarib yig‘ladi. Xotin hayron bo‘lib so‘radi:
— Men-ku o‘lgan erimni eslab yig‘layapman, siz nega yig‘laysiz?
Afandi piq-piq yig‘lab turib javob berdi:
— Agar o‘sha sho‘rlik ering o‘lmaganda, sen tul qolmagan bo‘lar edingu, myen senga uylanmagan bo‘lar edim...
Afandidan birov so‘radi
— Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz?
— Muchalim ajdar, ellikka kirdim.
— Muchalning ilon bo‘lishini eshitib yurardimu, ajdar bo‘lishini shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim,
Afandi tushuntirib berdi:
— Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar bo‘lib ketadi-da.
Afandi birovning bog‘iga kirib, o‘rik o‘g‘irlayotgan edi,
bog‘bon kelib qoldi. .
— Kimsan!?—dedi bog‘bon.
Afandi o‘rikning tanasiga yopishib olib javob berdi:
— Men o‘rikning yelimiman. Bog‘bon yana so‘radi:
— Yelim ham gapiradimi?
— Kechirasiz,— dedi Afandi,— bilmabman, chip-chip-chip...
Afandining buzog‘i bo‘shalib ketib, yoyig‘liq turgan g‘o‘zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog‘liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo‘lidan kaltakni tortib olib:
— G‘o‘zani yegan buzog‘u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g‘o‘za yeyishni bolasiga onasi o‘rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.

Latifa.uz loyihasi haqida

Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo‘r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do‘stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko‘plab mavzularda latifalar birinchi bo‘lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o‘tadi, do‘stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko‘targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko‘proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo‘ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutloq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig‘ini mazmunli o‘tishiga hissa qo‘shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to‘liq qo‘llab quvvatlaymiz.

Agarda biron-bir latifa bo‘yicha e’tirozlar bo‘lsa, bizga habar bersangiz saytdan o‘chirib tashlaymiz.

Boshqa loyihalar

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.